Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULISTON MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LLARNI QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SOG‘LIKNI SAQLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Amir Temur ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uydagi lift tizimi holati yuzasidan fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi
Soliq tizimidagi islohotlar yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov tomonidan Qo‘qon shahar Soliq inspeksiyasida soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Soliq inspeksiyasi bosh inspektori A.Muxammedjanov bilan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Suhbat davomida Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning amaliyotga tatbiq etilishi, jumladan:
soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish;
soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda zamonaviy va raqamli yondashuvlarni keng joriy etish;
soliq xavflarini boshqarish tizimini rivojlantirish;
yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish;
soliq organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, soliq tizimida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalari, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, xizmatlar sifati va ochiqligini oshirish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4