Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi
янв.21
Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar

 🔹 Deputat o‘rganuvi natijalari. 

Mahalla yoshlar yetakchisi 6 nafar ishsiz yosh fuqaroning bandligini ta’minlagan. 

Hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari: 3 nafar fuqaroga to‘rt yuz o‘ttiz million hamda 27 nafariga yuz milliondan kredit olinishida amaliy ko‘mak berilgan. 

Ijtimoiy ehtiyojmand toifadagi oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar o‘z vaqtida to‘lab kelinayotgani aniqlandi. 

Xotin-qizlar faoli tomonidan 188 nafar ayol bilan “Ayollar daftari” bosqichlarida ishlar talablar darajasida tashkil etilmoqda. 

Mahalla yo‘llari, ularning tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi yo‘l belgilari, piyodalar yo‘laklari holatlari talablarga javob beradi. 

📌 Mahallada aholi va o‘smir-yoshlar o‘rtasida sportning Vorkaut - “ko‘cha gimnastikasi” turini rivojlantirish uchun hududda maxsus maydonga joy mavjudligi aniqlandi. Vorkaut sport turi jihozlarini o‘rnatish uchun mablag‘ masalasida mazkur sport turi ishqibozlari bo‘lgan mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar. Mazkur masala tegishli mutasaddi mansabdor shaxsga deputat so‘rovi yuborilib, ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. 

📣 “Madad” NNT haqida: mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. “Madad” NNT mas’ul xodimlari murojaat qiluvchilarga huquqiy masalalar bo'yicha maslahat va tushuntirishlar berish, shuningdek tegishli huquqiy hujjatlar namunalarini taqdim etish yoki bunday hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashish orqali bepul yuridik yordamlar ko‘rsatadi.   

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1