Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi
янв.21
Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navro'zov hamda 22-Ehson saylov okrugidan deputat A.Mardonov bilan birgalikda tumandagi “Teraklik" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔍 Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. Xususan, “Obod mahalla” tamoyili asosida hududni obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish hamda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📎 Mahalla yettiligi aʼzolari tomonidan hududda mavjud muammolar, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan maʼlumot berildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrish belgilab olindi.

✔️Uchrashuv yakunida deputat tomonidan mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Slide 1 of 5