Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi
янв.21
Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
“Sazag‘on” quyosh fotoelektr stansiyasi qurilish ishlari bilan tanishildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov tomonidan 16-Sazag‘on saylov okrugida joylashgan, “ACWA Power” kompaniyasiga tegishli “Sazag‘on” quyosh fotoelektr stansiyasi qurilish maydonida o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️Qurilish maydoniga tashrif davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilishning bugungi holati, ishlarning borishi hamda belgilangan reja-grafik asosida bajarilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, stansiya qurilishida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, qurilish jarayonlariga mahalliy mutaxassislarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

➡️Tashrif davomida xorijiy kompaniya vakillari tomonidan loyiha ijrosini jadallashtirish, zarur infratuzilma bilan ta’minlash, ayrim tashkiliy masalalarni hal etish hamda qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha o‘z taklif va murojaatlari bildirildi.

➡️Mazkur taklif va muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muhokamalar o‘tkazilib, ularni bartaraf etish, loyiha ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida zarur choralar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

➡️Ta’kidlanganidek, “Sazag‘on” quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi nafaqat tumanning energetika salohiyatini oshirish, balki qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, hududga investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari, xususan, energetika sohasidagi bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, investorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6