Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi
янв.21
Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

📅 2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tumani Kengashi raisi O. Akimova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔹 O‘rganish davomida Qonunning 35-moddasi (Fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash) ijrosi yuzasidan imtiyozli toifadagi fuqarolarni dori vositalari bilan ta’minlash holati ko‘rib chiqildi. Retseptlar asosida dori vositalari berilishi hamda ularning hisobini yuritish tartibiga rioya etilayotgani aniqlandi.
🔹 16-modda (Fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqi) doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni zarur dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan ta’minlash ishlari tahlil qilindi.
🔹 33-modda (Atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish) ijrosi bo‘yicha tegishli toifadagi bemorlarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash va ularni doimiy tibbiy kuzatuvga olish holati o‘rganildi.
🔹 Shuningdek, 5-modda hamda 10-modda talablari asosida tibbiyot muassasalarida foydalanilayotgan dori vositalarining sertifikatlanganligi, saqlash sharoitlari va hisobini yuritish holati tahlil qilindi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha dori vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2