Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Zarapetyan 6-uy oldidagi daraxt holati o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
“Yangiariq” MFY hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Jasorat ko‘chasidagi xiyobonning holati o‘rganildi
янв.21
I. Karimov ko‘chasi 114-uy hududidagi suv oqimi va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Xalq platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar ijro holati o‘rganildi
янв.21
"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
#ish_reja_ijrosi #24_ta_masala 📌 Mitan hududiy filialida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qaror ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputati M.Raximov tomonidan Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli “Mitan” hududiy filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi PQ-140-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganish navbatdagi Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi sessiyasida sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini muhokama qilish va tegishli hisobotni eshitishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida elektron tizimlardan foydalanish, tibbiy hujjatlarni raqamli shaklda yuritish, elektron navbat, elektron tibbiy karta hamda aholi uchun yaratilgan raqamli xizmatlarning amaliyotga joriy etilish holati bilan tanishildi.

Shuningdek, raqamlashtirish jarayonida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilinib, tibbiy xizmatlar sifati va ochiqligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish natijalari asosida navbatdagi sessiyada sohaga oid masalalar atroflicha muhokama qilinib, Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 3