Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: piyodalar yo‘lagidagi kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BYUDJET KODEKSI (O‘RQ–360)
янв.21
"FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
янв.21
🌱"O‘SIMLIKLAR KARANTINI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘RQ–484)
янв.21
"O‘RMON TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘RQ–475)
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
#kotibiyat_mudiri 📌 6-son oilaviy poliklinikada yangi bino qurilishi ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputati M.Raximov Ishtixon tumani 6-son oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida poliklinikani 1-tip oilaviy poliklinika talablari asosida faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 50 qatnovga mo‘ljallangan yangi bino qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish hamda bemorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Yangi binoning foydalanishga topshirilishi natijasida poliklinikaning qabul quvvati ortib, aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayadi.

Shuningdek, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅ Aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiyot muassasalari infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4