Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
янв.21
“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
G‘alaba shah ko‘chasida aniqlangan holat joyida bartaraf etildi
янв.21
Zarafshon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borildi
янв.21
Nizomiy ko‘chasida aniqlangan nosozlik yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Amir Temur ko‘chasida chiqindi to‘planishi holati o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
G‘alaba shah ko‘chasida aniqlangan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Berilgan topshiriqlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.

 Tashrif davomida deputat qurilish ishlarini olib borayotgan mutaxassislar va quruvchilar bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘prik loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hududda uzunligi 14 metr bo‘lgan zamonaviy va mustahkam ko‘prik qurilmoqda. Ushbu inshoot aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qurilish jarayonida sifat talablariga qat’iy rioya etish, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash va ko‘prikning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida quruvchilar tomonidan loyiha bo‘yicha batafsil ma’lumot berilib, qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Hududlarda zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish, aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7