Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amir Temur ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uydagi lift tizimi holati yuzasidan fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
#doimiy_komissiya 📌 Doimiy komissiya yig‘ilishida byudjet mablag‘larini ajratish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ishtixon tumani hokimligining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Muhokama davomida taqdim etilgan bildirishnomalar, tegishli xulosalar va hisob-kitob hujjatlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning 2026-yil aprel, may va iyun oylaridagi mehnat faoliyati, xizmat vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajarganligi inobatga olindi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Ishtixon tumani hokimligi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish masalasini Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

📍 Doimiy komissiya tomonidan mahalliy byudjet mablag‘larining qonuniy, maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1