Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Baxor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LLARNI QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SOG‘LIKNI SAQLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Amir Temur ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uydagi lift tizimi holati yuzasidan fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik majlislar zalida videokonferensiya tizimini takomillashtirish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida tuman hokimligi majlislar zalining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq, Ishtixon tumani hokimligi majlislar zalida videokonferensiya yig‘ilishlarini sifatli va uzluksiz tashkil etish maqsadida zamonaviy kompyuter qurilmasini xarid qilish uchun mablag‘ ajratish yuzasidan taqdim etilgan hisob-kitoblar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida respublika va viloyat darajasida o‘tkaziladigan videoselektor yig‘ilishlari, onlayn muloqotlar hamda masofaviy xizmat uchrashuvlarini yuqori sifatda tashkil etish maqsadida tuman hokimligiga tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 23 million so‘m mablag‘ ajratish taklifi atroflicha muhokama qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yig‘ilishlarni sifatli tashkil etish hamda boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📍 Yakunda ushbu mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1