Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat qabulida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qonunosti hujjatlar ijrosi va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIATI O‘RGANILDI
янв.21
Lochin mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Sessiya

Bugun Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining yettinchi chaqiriq XXXII- sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yoshlar siyosati hamda mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga oid qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, sessiya kun tartibida “Tashabbusli budjet” jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida 2026-yilda Zangiota tumani mahalliy budjetiga rejalashtirilgan mablag‘larga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlarga oid siyosati ijrosini ta’minlash, ularning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda intellektual va jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Sessiyada, shuningdek, Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi qaror ilovalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham muhokama qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 8