Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat qabulida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qonunosti hujjatlar ijrosi va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIATI O‘RGANILDI
янв.21
Lochin mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.
 “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.

Yozgi ta'til davrida umumta'lim maktablari o‘quvchilari, talabalar hamda mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shahar hokimligi tomonidan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilgan.

Mazkur dastur doirasida:
🔹 16 ta ma'naviy-ma'rifiy tadbir;
🔹 9 ta madaniy tadbir;
🔹 21 ta sport va sog‘lomlashtirish tadbiri;
🔹 3 ta raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi tadbir tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jami 49 ta tadbirni amalga oshirish belgilangan.

Ushbu dastur ijrosini nazorat qilish maqsadida masala Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N.Xakimov tomonidan shahardagi “Kelajak” markazi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida markazning moddiy-texnik bazasi, mavjud shart-sharoitlari hamda pedagog xodimlarning sifat tarkibi atroflicha tahlil qilindi.

Nazorat tadbiri yakunida markazning moddiy-texnik bazasida ayrim kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Xususan, bugungi kun talablaridan kelib chiqib, IT yo‘nalishini rivojlantirish uchun alohida o‘quv xonalarini tashkil etish, ularni zamonaviy kompyuter texnikalari va zarur jihozlar bilan ta'minlash zarurligi ta'kidlandi.

✅ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Slide 1 of 10