Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi
янв.21
Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
DEPUTAT SOʻROVI YOXUD OLTINSOYDAGI “OLMAZOR” MAHALLASI MUAMMOSI QANDAY HAL ETILDI?

Мa’lum boʻlishicha, Oltinsoy tumani “Olmazor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida homiylar koʻmagida 11 dona beton elektr uzatish ustunlari (asbob-uskunalari) olib kelingan edi.

Biroq ushbu ustunlarni oʻrnatish boʻyicha aholi tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga bir necha marotaba ogʻzaki murojaat qilingan boʻlsa-da, masʼul tashkilotlar tomonidan amaliy chora koʻrilmagan.

Ustunlarning uzoq muddat davomida oʻrnatilmay qolayotgani aholi oʻrtasida haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan edi. 

Mazkur muammoni joyida oʻrgangan deputat X.Ziyatovich 2026-yil 10-iyun kuni Oltinsoy tuman Elektr ta’minoti boshligʻi Y.Jumaqulovga 125-ds-402-26-sonli rasmiy deputatlik soʻrovini yubordi. Deputat oʻz soʻrovida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 193-moddasiga asosan deputatlik soʻrovini mensimaslik yoki javobsiz qoldirish qonuniy javobgarlikka sabab boʻlishini ham eslatib oʻtgan. 

Ushbu qat’iy soʻrovdan soʻng masalaga tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari jiddiy yondashishga majbur
boʻldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali Oltinsoy tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2026-yil 16-iyundagi 01-01/318-sonli javob xati bilan ushbu ustunlarni oʻrnatish va montaj ishlari Oltinsoy TET korxonasi tomonidan toʻliq bajarilishi maʼlum qilindi. 

Ayni paytda oʻrnatilgan yangi beton ustunlar va amalga oshirilgan ishlar sifati deputat X.Ziyatovich tomonidan joyiga chiqqan holda, mahalla faollari ishtirokida bevosita koʻzdan kechirildi va nazoratga olindi. 

Bu kabi holatlar xalq saylagan vakillarning oʻz vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi va ijro hokimiyati organlari bilan tizimli hamkorligi aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tez va samarali hal etishga xizmat qilishini yana bir bor isbotlamoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz

Slide 1 of 5