Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati O. Artiqova
“Qadriyat” mahallasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi. Deputat mahalla hokim yordamchisi Zufar Rahimov faoliyatini o‘rganib, yangi yaratilgan ish o‘rinlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish yo‘nalishida erishilgan natijalar bilan qiziqdi.
Muloqot davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini samarali ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.