Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar
янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Zarapetyan 6-uy oldidagi daraxt holati o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
“Yangiariq” MFY hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Jasorat ko‘chasidagi xiyobonning holati o‘rganildi
янв.21
I. Karimov ko‘chasi 114-uy hududidagi suv oqimi va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Xalq platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar ijro holati o‘rganildi
янв.21
"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ishlar nazoratda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida navbatdagi manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish Aziz tepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Aziz tepa ko‘chasi 174-uyda yashovchi fuqaro M.Sotvoldiyeva xonadonida olib borildi.

Tadbirda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov, ishchi guruh a’zolari hamda Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida qaror asosida amalga oshirilayotgan yashil ta’mirlash ishlari yuzasidan mas’ullar tomonidan zarur hujjatlar taqdim etildi. Shuningdek, xonadonda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bevosita ko‘zdan kechirildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan:
bajarilgan ishlar sifati;
qurilish materiallarining yetarliligi;
ishlarning belgilangan jadval asosida olib borilishi;
obyektning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi masalalari atroflicha o‘rganildi.

Yakunda mas’ullar bilan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi muhokama qilinib, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar ijrosi ustidan nazorat tadbirlari muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4