✅Uchko‘prik tumanida ham 25 may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib
borilmoqda. Shu munosabat bilan 56-umumta’lim maktabidagi ota-onalar yig‘ilishida:ta’lim muassasasida xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni jamoatchilik, ota-onalar va maktab bitiruvchilari ishtirokida mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Eng muhimi, bu bayram avvalo ma’rifat, ustozga ehtirom va ta’limga hurmat bayrami sifatida o‘tishi kerakligi uqtirildi.
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov ota-onalar yig‘ilishida ishtirok etib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — shunchaki bayram emas, bu — kechagi o‘quvchining ertangi mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan mas’uliyatli pallasi, uni mazmunli, tartibli va xavfsiz tarzda o‘tkazish esa maktab jamoasi, ota-onalar va keng jamoatchilikning umumiy vazifasi hisoblanishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi