Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi

 Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy
xodimlar faoliyati o‘rganildi
 

  

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini
qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy
yordamlarning adolatli tayinlanishi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputatlarining doimiy nazoratidadir.
 

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi nazorat tadbiri
14-Mingtepa saylov okrugidan saylangan deputat («Adolat» SDP deputatlik guruhi
a’zosi) B. Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.
Xudoyqulova tomonidan mahallalarda joyiga chiqqan holda amalga oshirildi.
 

Jarayonda mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan
shakllantirilgan baza, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi va ko‘rsatilgan
amaliy yordamlar tahlil qilindi.
 

O‘rganish davomida quyidagi raqamlar va natijalar qayd
etildi:
 

Mahallada jami 69 ta ko‘makka muhtoj oila mavjud
bo‘lib, ular ijtimoiy holatiga ko‘ra quyidagi toifalarga ajratilgan:
 

15 tasi — kambag‘allik chegarasidagi oilalar; 

17 tasi — davlat ta’minotidagi oilalar; 

37 tasi — kam ta’minlangan oilalar. 

Shuningdek, hududda 67 nafar nogironligi bo‘lgan
shaxslar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga ijtimoiy xodimlar va mas’ul
tashkilotlar tomonidan zarur reabilitatsiya vositalari muntazam ravishda
yetkazib berilmoqda.
 

Manzilli ko‘rsatilgan yordamlar: 

Nazorat tadbiri kunlarida mahalladagi 10 ta kam
ta’minlangan oilaga homiylar tomonidan zarur oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami
topshirildi.
 

Mahallabay ishlash tizimi asosida hech bir ehtiyojmand
fuqaro e’tibordan chetda qolmasligi, ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida va
manzilli yetib borishi yuzasidan deputatlik nazorati qat’iy davom ettiriladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/