Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
MUSTAQILLIK – TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI
янв.21
12-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA QURILISH, KOMMUNAL XO‘JALIK VA EKOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA KOMMUNAL SOHA VA INFRASTRUKTURA YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
MARKAZIY VA ICHKI YO‘LLAR BOSQICHMA-BOSQICH TA’MIRLANMOQDA
янв.21
“SOHIL BO‘YI” LOYIHASINING BIRINCHI BOSQICHI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
Aholi murojaatlari yechimi yo‘lida sayyor qabul
янв.21
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim tashabbus
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalar yechimiga yo‘l
QO‘SHTEPA MFYDA YANGI QVP QURILISHI HOLATI O‘RGANILDI

              O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2025–2028-yillarda O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jalaquduq tumani Qo‘shtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholiga sifatli birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida barpo etilayotgan yangi Qishloq vrachlik punkti (QVP) qurilish ishlari tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova tomonidan o‘rganildi. “Ekspres Bunyodkor Servis” MCHJ rahbari Saydullaev Saidislom boshchiligida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida qurilish jarayonining borishi va sifat ko‘rsatkichlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida deputat qurilish ishlarining belgilangan me’yor va talablar asosida olib borilishi, obyektning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi yuzasidan tavsiya va takliflar berdi.
Yangi QVP ishga tushirilishi bilan mahalla aholisi uchun zamonaviy, qulay va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yanada kengayadi. Qurilish jarayonida tibbiy xonalar, qabul bo‘limlari hamda zarur infratuzilma obyektlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, loyiha doirasida mahalliy aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi ham ko‘zda tutilgan. 

   

Slide 1 of 4