Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
MUSTAQILLIK – TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI
янв.21
12-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA QURILISH, KOMMUNAL XO‘JALIK VA EKOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA KOMMUNAL SOHA VA INFRASTRUKTURA YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
MARKAZIY VA ICHKI YO‘LLAR BOSQICHMA-BOSQICH TA’MIRLANMOQDA
янв.21
“SOHIL BO‘YI” LOYIHASINING BIRINCHI BOSQICHI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
Aholi murojaatlari yechimi yo‘lida sayyor qabul
янв.21
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim tashabbus
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalar yechimiga yo‘l
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
🏛 Olmazor tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish hamda ijtimoiy masalalarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

📝 Sayyor qabul xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova tashabbusi bilan o‘tkazildi. Tadbirda Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
S.Xashimova va mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat Ibaydullo Mamajanov fuqarolar bilan samimiy muloqot olib borib, Vatanga muhabbat, oilalar mustaxkamligi, erta nikoh, yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda jamiyat taraqqiyotiga sidqidildan xizmat qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, har bir inson o‘z mehnati va kasbi orqali yurt ravnaqiga hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

📋 Sayyor qabul davomida xotin-qizlar va fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, davolanishga ko‘maklashish, uy-joy va kommunal xizmatlar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, aksariyat masalalarga joyida amaliy yechim topildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.
🤝 Tadbir davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash, mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Slide 1 of 10