Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
MUSTAQILLIK – TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI
янв.21
12-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA QURILISH, KOMMUNAL XO‘JALIK VA EKOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA KOMMUNAL SOHA VA INFRASTRUKTURA YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
MARKAZIY VA ICHKI YO‘LLAR BOSQICHMA-BOSQICH TA’MIRLANMOQDA
янв.21
“SOHIL BO‘YI” LOYIHASINING BIRINCHI BOSQICHI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
Aholi murojaatlari yechimi yo‘lida sayyor qabul
янв.21
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim tashabbus
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalar yechimiga yo‘l
Qibray tumanida renovatsiya masalalari yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Qibray tumanida renovatsiya masalalari yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qibray tuman hokimining o‘rinbosarlari U.Botirov hamda O‘.Abdullayev, Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining 18-okrug deputati Doniyor Yusupov ishtirokida “Boyjigit” mahallasi aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarga Renovatsiya dasturining mazmun-mohiyati, dasturning asosiy maqsadlari, aholi uchun yaratiladigan qulayliklar hamda mulkdorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kafolatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Renovatsiya dasturiga kiritilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli izohlar berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, har bir murojaatni qonunchilik asosida ko‘rib chiqish muhim ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 6