Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
MUSTAQILLIK – TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI
янв.21
12-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA QURILISH, KOMMUNAL XO‘JALIK VA EKOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA KOMMUNAL SOHA VA INFRASTRUKTURA YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
MARKAZIY VA ICHKI YO‘LLAR BOSQICHMA-BOSQICH TA’MIRLANMOQDA
янв.21
“SOHIL BO‘YI” LOYIHASINING BIRINCHI BOSQICHI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
Aholi murojaatlari yechimi yo‘lida sayyor qabul
янв.21
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim tashabbus
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalar yechimiga yo‘l
👨‍💼 Mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati E.Abdusalomov tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi “Hazarbobo” MFYda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov bilan birgalikda hokim yordamchisi faoliyati, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mahallaning asosiy iqtisodiy drayverlari dehqonchilik va chorvachilik hisoblanadi. Bugungi kunda mahallada 547 ta xonadon va 788 ta oila istiqomat qiladi.

Mahalla hokim yordamchisi Sanjar Umirzoqov tomonidan joriy yilning birinchi choragida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

✅ 35 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilgan:

— 150 mln so‘m dehqonchilik yo‘nalishiga

— 130 mln so‘m chorvachilikka

— 110 mln so‘m xizmat ko‘rsatish sohalariga

✅ 50 nafardan ortiq fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan

✅ Mahallada yangi xususiy bog‘cha tashkil etilishiga ko‘mak berilgan

✅ 9 nafar fuqaro vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitilgan

📈 Kambag‘al oilalarni xizmatlar bilan qamrab olish darajasi 88 foizni tashkil etadi.

💼 Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra 4 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyat boshlagan.

🥔 Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida kartoshka va sabzavot ekinlari ekilib, 15 dan ortiq xonadonlarda issiqxonalar tashkil etilgan.

🚜 Shuningdek, mahalladagi dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan ijara yerlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.

🔎 Umuman olganda, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samarali va qoniqarli deb baholandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 5