Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
MUSTAQILLIK – TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI
янв.21
12-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA QURILISH, KOMMUNAL XO‘JALIK VA EKOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA KOMMUNAL SOHA VA INFRASTRUKTURA YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
MARKAZIY VA ICHKI YO‘LLAR BOSQICHMA-BOSQICH TA’MIRLANMOQDA
янв.21
“SOHIL BO‘YI” LOYIHASINING BIRINCHI BOSQICHI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
Aholi murojaatlari yechimi yo‘lida sayyor qabul
янв.21
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim tashabbus
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalar yechimiga yo‘l
2026 yil 27 fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi tuman hokimligi binosida bo'lib o‘tdi.

2026 yil 27 fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi tuman hokimligi binosida bo'lib o‘tdi.

Sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.

- Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi hamda doimiy komissiyalarining 2025-yil faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;
- Tuman aholisi bandligini ta’minlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi samaradorligini o‘rganish natijalari to‘g‘risida;
- “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi Davlat muassasasiga tegishli tumandagi chiqindi poligoni holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida;
- Zafarobod tumanida 2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;    - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
- Zafarobod tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Farmonining ijrosi to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi VII-6-22-3-50-K/25-sonli XDFU qarori  ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
- Tuman mahalliy byudjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan tuman hokimligi huzuridagi "Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi"ga mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
- “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratishni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida; 
- Tuman mahalliy byudjetning 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga ajratilgan xonalarni ta’mirlash va jihozlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
- Tuman mahalliy byudjetning 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan tumandagi “Yorqin” shaharcha fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi tomorqalarini suv bilan barqaror ta’minlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
- Tuman mahalliy byudjetning 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan tumanda yangi qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarni markazlashgan ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimiga ulash ishlari uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
- Tuman mahalliy byudjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan Hindiston hamda Filippin davlatlaridan kelgan o‘qituvchilarning ijara xarajatlari uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.