Mahalla yettiligi faoliyati va tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Mirzayev o‘ziga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulovalar 25-Bo‘ston saylov okrugiga qarashli “Buyuk kelajak” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Dastlab, mahalla yettiligi tomonidan hududda aholi murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash hamda obodonlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
⏺Shuningdek, mahalla yettiligi ko‘magida tomorqadan unumli foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar faoliyati bilan ham tanishildi. Xususan, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, issiqxona tashkil etish, bog'dorchilik va boshqa daromad manbalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
⏺Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan mavjud muammo va takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mahallada aholi bandligini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish hamda tomorqadan samarali foydalanishni yanada kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Donayev_J_Xudoyqulova_K_Mirzayev