Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
Navoiyda sport sohasidagi islohotlar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
TURON MFY FUQAROLARI UCHUN SAMARQAND SHAHRIGA MA’NAVIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI
янв.21
OILAVIY FAROVONLIK VA BANDLIK MASALALARI MFYLARDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”
янв.21
“HUDUD SANITARIYA HOLATI VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI”
янв.21
“SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISHGA XIZMAT QILADI”
янв.21
“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”
Guliston shahrida obodonlashtirish va sug‘orish tizimi bo‘yicha ishlar manzilli o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining tegishli qaroriga asosan, Obod yurt va Bog‘ishamol MFYlarda sug‘orish tizimini yaxshilash hamda hududda qulay mikroiqlimni shakllantirish uchun zarur tovar va xomashyolarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga mahalliy budjetning I chorak daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratilgan edi.

🔎 Mazkur mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Obod yurt MFY hududida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari yo‘lga qo‘yilgani va amaliy sug‘orish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

🌿 Shu bilan birga, Guliston shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni baholash maqsadida hududdan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanali bo‘yida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🚶‍♂️ Hududda aholining hordiq chiqarishi va sayr qilishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar hamda dam olish maskanlarini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🌱 Amalga oshirilayotgan ishlar shahar muhitini yanada obod qilish, ekologik holatni yaxshilash va aholiga qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3