Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
Navoiyda sport sohasidagi islohotlar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
TURON MFY FUQAROLARI UCHUN SAMARQAND SHAHRIGA MA’NAVIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI
янв.21
OILAVIY FAROVONLIK VA BANDLIK MASALALARI MFYLARDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”
янв.21
“HUDUD SANITARIYA HOLATI VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI”
янв.21
“SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISHGA XIZMAT QILADI”
янв.21
“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”
#tavsiyalar_asosida_xotin_qizlar_faoli

#tavsiyalar_asosida_xotin_qizlar_faoli

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdilar

Tashrif davomida mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Shuningdek, davlat tomonidan xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish darajasi yuzasidan mavjud holat tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar mazmuni, natijadorligi hamda mavjud muammoli jihatlar yuzasidan aniq savollar berildi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar holati ham muhokama qilindi.

Tashrif davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berilib, faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3