#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatov ishtirok etib obyekt hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilishning borishi, belgilangan loyiha asosida ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, hududni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda maydonning zamonaviy va estetik talablar asosida foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)