Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R. Urakov tomonidan O‘rta Xonobod mahallasida joylashgan 74-sonli umumta’lim maktabida aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419-sonli
Qonuni mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilinib, ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi. Xususan, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz kurashish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida
o‘tib, aholi o‘rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qildi.