Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat 1-chorak yakunlari yuzasidan saylovchilarga axborot berdi

Deputat 1-chorak yakunlari yuzasidan saylovchilarga axborot berdi

Tuman deputati A.Boʻtayev tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari yuzasidan "Navroʻz" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil axborot berildi.

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar ijrosi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3