Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
XONARIQ MAHALLASI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YO‘L XARITALARI BO‘YICHA O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” doirasida Toshloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish va samarali nazoratni ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati R. Matqulov Xonariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

2026-yilda Toshloq tumanida sanoatni, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida “Xonariq sabzavoti” fermer xo‘jaligi hududida muzlatkichli omborxona tashkil etilgan va 100 kVt quvvatga ega quyosh energiyasi paneli o‘rnatilib, yashil energiya dasturi ishga tushirilgan.

Shuningdek, Xonariq mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan Nuroniy ko‘chasida “Havas 2024” MChJ tomonidan qiymati 1,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Ulgurji va chakana savdo” loyihasi amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tadbirlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy riv6ojlanishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda barqaror energiya va xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan.

Slide 1 of 4