Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Deputat o'z okrugida muammoli masalani hal etish choralarini ko'rmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Ibrohimjon Abdullayev tomonidan Zulfizar mahallasi Taqachi ko‘chasida joylashgan 9 qavatli uy atrofida yuzaga kelgan muammo yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

 📊 O‘rganish jarayonida hududda yomg‘ir suvlarining to‘planib qolishi va bu holat ko‘p qavatli uyga zarar yetkazishi mumkinligi aniqlanib, ushbu muammoning oldini olish maqsadida tuman mas’ullari bilan birgalikda mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.

 📁 O‘rganish davomida mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida hududning muhandislik holati ko‘zdan kechirilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

 📝 O‘rganishlar natijasida yomg‘ir suvlari oqimini tartibga solish uchun 70 metr uzunlikda ariq qazish hamda 300 mm diametrli 12 metr quvur yotqizish zarurligi belgilandi.

 🗣 Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

 💼 Deputat tomonidan ushbu masala ijrosini nazoratga olish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni tezkor hal etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 7