Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
HOKIM YORDAMCHILARINING FAOLIYATI VA BANDLIK TA’MINLANISHI JARAYONLARI O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHILARINING FAOLIYATI VA BANDLIK
TA’MINLANISHI JARAYONLARI O‘RGANILDI
 

Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi
bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida hokim
yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi navbatdagi
nazorat tadbirining asosiy mavzusi bo‘ldi.
 

Mazkur o‘rganish ishlari Ekologiya partiyasidan
saylangan 7-Birdamlik saylov okrugi deputati A.Mo‘minov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi L.Iskandarov tomonidan olib borildi.
 

O‘rganish davomida 2026 yilning shu kuniga qadar
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagi raqamlar qayd etildi:
 

Bandlikni ta’minlash: Yil boshida hududda jami 120
nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, olib borilgan tizimli
chora-tadbirlar natijasida ularning 90 nafarining bandligi ta’minlandi.
 

Moliyaviy ko‘mak: Aholini tadbirkorlikka jalb qilish
maqsadida 15 ta loyiha uchun jami 338 million so‘m miqdorida imtiyozli
kreditlar ajratildi.
 

Yangi tadbirkorlik subyektlari: O‘tgan davr mobaynida
hududda 11 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Ulardan:
 

8 tasi — yakka tartibdagi tadbirkor (YATT); 

3 tasi — yuridik shaxs maqomidagi korxonalardir. Deputat
va mutaxassis tomonidan hokim yordamchilarining keyingi rejalari ko‘rib
chiqilib, qolgan ishsiz fuqarolarni ham doimiy daromad manbai bilan ta’minlash
hamda "mahallabay" ishlash tizimini yanada jadallashtirish bo‘yicha
tavsiyalar berildi.