Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
MAHALLADA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH MASALALARI O‘RGANILDI

 MAHALLADA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH MASALALARI O‘RGANILDI
 

Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida
xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
navbatdagi nazorat tadbirining diqqat markazida bo‘ldi.
 

Mazkur o‘rganish ishlari Ekologiya partiyasidan
saylangan 7-Birdamlik saylov okrugi deputati A.Mo‘minov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi L.Iskandarov tomonidan olib borildi.
 

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar va
ko‘rsatkichlar:
 

Xatlov jarayoni: Mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy
holatini aniqlash maqsadida jami 184 ta ayollar so‘rovnomasi (anketasi)
to‘ldirilib, ularning muammolari va ehtiyojlari tahlil qilingan.
 

Oilaviy muhit: Hududda oilaviy ajrimlarning oldini
olish borasida manzilli ishlar tashkil etilgan. Jumladan, 2 ta ajrim yoqasiga
kelib qolgan va 2 ta notinch oila bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar
o‘tkazilib, vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish choralari ko‘rilmoqda.
 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Amalga oshirilgan
tizimli chora-tadbirlar natijasida hududdagi xotin-qizlar orasida profilaktik
hisobda hamda nazoratda turgan ayollar mavjud emas.
 

Deputat va mutaxassis tomonidan mahalla xotin-qizlar
faolining ishi samarali deb baholanib, kelgusida "Ayollar daftari"
bilan ishlash, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va oilaviy nizolarni
barvaqt oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.