Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Tuproqqal’a tumanida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash bo‘yicha ishlar muhokama qilindi

Mazkur qaror asosida tumanda ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda magistral yo‘l bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, 20 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi va 1 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasiga mas’ullar biriktirilib, ularga sanitariya me’yorlari asosida faoliyat yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

O‘rganishlar natijasida ayrim maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida hojatxonalarni ta’mirlash va qayta jihozlash zarurligi aniqlangan. Shu bilan birga, magistral yo‘l bo‘yidagi qator obyektlarda ham modernizatsiya ishlari talab etilmoqda.

Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, nazorat tadbirlari davomida qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Ayrim obyektlarda, jumladan “Cashtan” MCHJ, “Gurlan 001” MCHJ, “Sayapir nur metall” MCHJ va “Karavan kafe”da ijobiy natijalarga erishilgan.

Kengash yig‘ilishida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, sanitariya talablariga to‘liq javob beradigan sharoitlar yaratish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3