Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
“Narpay tajribasi” asosida Nurbuloq mahallasida yo‘l ta’miri masalasi muhokama qilindi

📌 “Narpay tajribasi” asosida Nurbuloq mahallasida yo‘l ta’miri masalasi muhokama qilindi

🔹 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tumandagi Nurbuloq mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹 Uchrashuv davomida hudud infratuzilmasini yaxshilash, xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Narpay tumani tajribasi asosida Nurbuloq mahallasidagi 9,7 km ichki yo‘lni ta’mirlash va asfalt qoplamali yo‘lga aylantirish masalasi ko‘rib chiqildi.

🔹 Muhokamalar jarayonida mazkur loyihani “2026-yil dasturi” doirasida amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi hamda mas’ullar ishtirokida kelishuvga erishildi.

🔹 Shuningdek, deputat tomonidan ushbu masala doimiy nazoratga olingani, belgilangan ishlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🔹 Mazkur tashabbus aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish, transport qatnovini yengillashtirish va mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 3