Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
“Chinor” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyotda shaffoflik va adolat: Prezident farmoni ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati deputat nazoratida
янв.21
Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Deputat nazoratida: "Yashil makon" loyihasi ijrosi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan "Jizzax suv ta'minoti" AJ Zomin tuman filiali tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududda ekilgan ko'chatlar holati joyiga chiqib o'rganildi.

O'rganish davomida hududda amalga oshirilgan ko'kalamzorlashtirish ishlari, ekilgan daraxt va manzarali ko'chatlarning parvarish darajasi, ularni sug'orish tizimi, agrotexnik tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishi hamda ko'chatlarning yashovchanlik holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar, xususan, ayrim hududlarda sug'orish tizimining yetarli darajada yo'lga qo'yilmagani va parvarish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Deputat tomonidan mas'ul tashkilot vakillariga har bir ekilgan ko'chatni asrab-avaylash, ularning to'liq ildiz otib, sog'lom o'sishini ta'minlash hamda mavsumiy parvarish ishlarini sifatli tashkil etish yuzasidan aniq ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6