Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi vakillari talabalar sport festivalida ishtirok etdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ovqat tayyorlash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Humo mahallasida kommunal xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI NILUFAR IRGASHEVANING FUQAROLAR BILAN UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI NILUFAR IRGASHEVANING MUASSASADA UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
Deputat ishsiz fuqarolar bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi Bugun, 2026-yil 10-aprel kuni soat 14:00 da, Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining VII-chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi tuman hokimligining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 10-aprel kuni soat 14:00 da, Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining VII-chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi tuman hokimligining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, ijro organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari, Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O. Boboqulov, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

🔹 Sessiya davomida tumanga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan:

1️⃣ 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan tuman prokurorining axboroti tinglandi.

2️⃣ Ko‘kdala tuman Adliya bo‘limining 2026-yil 1-choragi davomida tumanda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.

3️⃣ Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida tuman IIB boshlig‘ining 2026-yil 1-chorak hisoboti ko‘rib chiqildi.

4️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi PQ-44-son qarori — “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosi muhokama qilindi.

5️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ko‘kdala tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axborot berildi.

6️⃣ Ko‘kdala tumani bo‘yicha 2026-yil sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limiti tasdiqlandi.

7️⃣ Shuningdek, sessiya davomida boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

✅ Sessiyada ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4