Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Yoshlar parlamenti a’zosi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yoshlar parlamenti a’zosi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik izchil davom etmoqda. Shu yo‘nalishda tashkil etilayotgan uchrashuv va muloqotlar yoshlarning fikrini eshitish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati, tuman “Yoshlar qanoti” Kengashi raisi Bekzod Umarov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo viloyati akademik litseyida tahsil olayotgan 1–2 bosqich talabalari bilan tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.

Bekzod Umarov yoshlar bilan suhbatda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar siyosati doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u yoshlarni faol bo‘lishga, bilim olishga intilish va jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashga da’vat etdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil va ochiq javoblar berildi. Ayniqsa, ta’lim sifati, kasb tanlash va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, siyosiy faolligini kuchaytirish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 6