Tashrif davomida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
⏺Shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
⏺O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.