Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna mahalla fuqarolari bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov: “Men ham deputat bo‘laman” — yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA BEPUL BERILADIGAN DORI-DARMONLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
Navoiy shahrida maktab sport zali faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Deputatlik nazorati: ijtimoiy obyektlar o‘rganildi

Taxiatosh tumani “Yangi makon” OFY hududida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari deputatlik nazorati asosida o‘rganildi.

👤 Nazorat tadbirida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat, OʻzXDP tuman Kengashi raisi, partiya guruhi rahbari Artikov Davron Omarbayevich hamda “Yangi makon” OFY raisi X.Xalillayev ishtirok etdi.

🏗 O‘rganish jarayonida:

▪️ Qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi

▪️ Loyihaga muvofiqligi

▪️ Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi

▪️ Ishlarning sifat darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📊 Aniqlanishicha, rekonstruksiya ishlari belgilangan jadval asosida olib borilmoqda. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar mavjudligi sababli ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinadigan bo‘ldi.

✅ Deputatlik nazorati ijtimoiy obyektlarda olib borilayotgan ishlar sifatini ta’minlash va ularni o‘z vaqtida yakunlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8