Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
#kengash_raisi #kotibiyat_mudiri Do‘stlik mahallasidagi bolalar o‘yingohi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov hamda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov tomonidan Do‘stlik mahallasida 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag'lari evaziga qurilgan bolalar o‘yingohining foydalanish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida o‘yingohning texnik holati, jihozlarning saqlanishi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirilib, ob’ektning belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi hamda undan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.

Shu bilan birga, mazkur turdagi zamonaviy bolalar o‘yingohlari barcha mahallalarda ham barpo etilmaganligi sababli, mavjud imkoniyatdan oqilona va samarali foydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan, Do‘stlik mahallasidagi o‘yingoh bolalar uchun muhim dam olish va sog‘lom muhit yaratish maskani sifatida alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Shuningdek, mahalla raisi hududning obodonlashtirilishi va tozaligini ta’minlashda mas’ul shaxs sifatida ushbu maskanning doimiy tartibda saqlanishi, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi o‘rtasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida mas’uliyatni yanada oshirishi lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida o‘yingoh hududida ayrim joylarda maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi ham kuzatilib, bu holat ob’ektning umumiy ko‘rinishi va foydalanish madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4