Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna mahalla fuqarolari bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov: “Men ham deputat bo‘laman” — yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA BEPUL BERILADIGAN DORI-DARMONLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
Navoiy shahrida maktab sport zali faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Mahalla xodimlari faoliyati deputat ishtirokida ko’rib chiqildi.

17-Bog'isaidon saylov okrugi deputati H.Aslonov ishtirokida Bog'turkon mahallasida choraklik hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda mahalla raisi, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va inspektorning ma'lumotlari tinglandi.

Muhokama doirasida aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta'minlash, ijtimoiy himoya, xavfsizlik va rivojlanish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar ko'rib chiqilib, deputat tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berildi.

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o’z vaqtida hal etish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi choraklik hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda 17-Bog’isaidon saylov okrugi deputat H.Aslonov ishtirok etib, Bog’iturkon mahalla xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi va atroflicha muhokama qilindi.

Yig’ilishda, avvalo, mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish va ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi faoliyat yuzasidan hisobot taqdim etildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash, moddiy yordam ko’rsatish, kam ta’minlangan aholi qatlami bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Yoshlar yetakchisi o’z chiqishida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va turli tadbirlarga jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida to’xtalib o’tdi. Hokim yordamchisi esa hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Xotin-qizlar faoli tomonidan ayollarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yoritildi. Shuningdek, mahalla inspektori tomonidan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va profilaktika ishlarining holati yuzasidan axborot berildi.

Deputat tomonidan har bir hisobot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish bo’yicha tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi. Yig’ilish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlar tizimli davom ettirilishi va aholi manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 1