Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna mahalla fuqarolari bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov: “Men ham deputat bo‘laman” — yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA BEPUL BERILADIGAN DORI-DARMONLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
Navoiy shahrida maktab sport zali faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Olis hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar holati deputat nazoratida.

Olis hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar holati 25-Baynalminal saylov okrugi deputati X.Kalbayeva tomonidan atroflicha o‘rganilib, doimiy nazoratga olindi. Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar va tizimdagi muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati ko‘zdan kechirilib, ularning moddiy-texnik bazasi, dori-darmon ta’minoti, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi hamda tibbiyot xodimlarining malakasi tahlil qilindi. Shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatining ishlash holati, bemorlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham sinchkovlik bilan o‘rganildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning sog‘liqni saqlash tizimiga oid murojaat va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan ayrim tor soha mutaxassislarining yetishmasligi, dori vositalari ta’minotida uzilishlar, ayrim jihozlarning eskirganligi kabi muammolar tilga olindi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda tibbiy xizmatlar sifati yaxshilanib borayotgani ham qayd etildi.

Tashrif davomida profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ayniqsa, yoshlar va ayollar salomatligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, fuqarolarga tibbiy xizmatlardan foydalanish tartibi, ularning huquq va imkoniyatlari bo’yicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, malakali mutaxassislarni jalb etish hamda aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu masalalar ijrosi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olinishi alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1