Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
“Chinor” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyotda shaffoflik va adolat: Prezident farmoni ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati deputat nazoratida
янв.21
Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Ochiq muloqotlar Olmazor tumanidagi “Paxtachi” va “Yangi Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etildi.

📝 Uchrashuvlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etib, deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, chorak davomida aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni tizimli hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator amaliy ishlar olib borildi.

📁 Xususan, 10-Chuqursoy saylov okrugida 33 ta sayyor qabul tashkil etilib, 390 nafardan ortiq fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi hamda 35 ta murojaat va takliflar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi ijtimoiy yo‘nalishga oid bo‘lib, ularni joyida hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.

🔎 Shuningdek, mahalla aholisi salomatligini mustahkamlash maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bir nechta mahallalarda yashovchi fuqarolarga bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tish va imtiyozli yo‘llanmalar olishda yordam ko‘rsatildi. Hisobot davrida jami 135 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning bir qismi ambulator davolanishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, statsionar davolanishga muhtoj fuqarolar tegishli tartibda davolanishga joylashtirildi va nazoratga olindi.

📉 Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham amaliy ishlar olib borilib, Olmazor tumanidagi 165-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining tibbiyot punkti zarur dori vositalari va tibbiy anjomlar bilan ta’minlandi. 

🗣 Saidmurod Ismailov o‘z axborotida 2026-yilning birinchi choragi davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida hamda doimiy komissiyalarning 2 ta yig‘ilishida faol ishtirok etganini, ushbu yig‘ilishlarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokamasida qatnashganini ta’kidladi. Shuningdek, deputat tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida qator nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilib, mas’ul tashkilotlar faoliyati yuzasidan eshituvlar tashkil etildi.

🔺 Bundan tashqari, hududdagi 11 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati o‘rganilib, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Hozirda Olmazor tumanidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy sport maydonchasi barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, uni amalga oshirish rejalashtirilgan.

🔺 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 9