Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
Navoiyda sport sohasidagi islohotlar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
TURON MFY FUQAROLARI UCHUN SAMARQAND SHAHRIGA MA’NAVIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI
янв.21
OILAVIY FAROVONLIK VA BANDLIK MASALALARI MFYLARDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”
янв.21
“HUDUD SANITARIYA HOLATI VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI”
янв.21
“SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISHGA XIZMAT QILADI”
янв.21
“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tasdiqlangan haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari hamda turli tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu jarayonlar aholi muammolarini aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda joylarda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

🗓 13-aprel, dushanba kuni deputatlar Nigora Eshmetova va Luiza Hikmatova tomonidan 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha o‘z okruglarida axborot uchrashuvlarini o‘tkazadi.

🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 14-aprel, seshanba kuni deputat Nodir Yunusov tomonidan Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi qabul tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🔍 Mas’ullar: M. Yusupov, D. Xashimov

🗓 15-aprel, chorshanba kuni 46-Olmos saylov okrugidan saylangan deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan hududlarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida o‘rganish ishlari olib boriladi.

🔍 Mas’ul: D.Ravshanbekov

🗓 16-aprel, payshanba kuni deputat Aziz Ibragimov tomonidan Shayxontohur tumanida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida o‘rganishlar amalga oshiriladi.

🔍 Mas’ul: J. G‘ulomqodirov

🗓 17-aprel, juma kuni esa Sergeli va Uchtepa tumanlarida deputatlar tomonidan hududiy muammolarni o‘rganish ishlari davom ettiriladi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Natijalar tahlili asosida kelgusi haftaning ustuvor vazifalari belgilab olinadi.

🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🔍 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari —

D. Ravshanbekov, M. Yusupov, D. Xashimov, J. G‘ulomqodirov hamda S. Irgashev tomonidan doimiy nazoratga olinadi.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining dolzarb muammolarini bartaraf etish hamda ochiq va samarali deputatlik faoliyatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 1