Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
Navoiyda sport sohasidagi islohotlar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
TURON MFY FUQAROLARI UCHUN SAMARQAND SHAHRIGA MA’NAVIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI
янв.21
OILAVIY FAROVONLIK VA BANDLIK MASALALARI MFYLARDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”
янв.21
“HUDUD SANITARIYA HOLATI VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI”
янв.21
“SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISHGA XIZMAT QILADI”
янв.21
“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”
Olmazor mahallasida aholi murojaatlari markazda

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining deputati Sherzod Mirzayev Olmazor mahallasida yashovchi fuqarolar bilan bevosita uchrashuv tashkil etdi. Mazkur uchrashuv davomida aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni tashvishga solayotgan masalalar chuqur tahlil qilindi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, ish bilan ta’minlash va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi muammolar ko‘tarildi. Deputat har bir murojaatni sinchkovlik bilan o‘rganib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash hamda joylarda mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Slide 1 of 2