Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yoshlarning hayot xavfsizligini ta’minlash, ularni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ma’naviy-amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Asqarali Odilov hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Boyovut tumani bo‘limi boshlig‘i Xurshid Qarshiyev ishtirok etib, o‘quvchilarga zarur bilim va tushunchalarni yetkazdilar.

Tadbir davomida yoshlarga:

✅ favqulodda vaziyatlar (yong‘in, zilzila, texnogen hodisalar) yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish tartibi;

✅ bunday holatlarda vahimaga berilmasdan, o‘zini tutish qoidalari;

✅ birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy usullari (jarohatlarda, hushdan ketishda, kuyishda va boshqa holatlarda);

✅ yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya tartibi;

✅ tezkor xizmatlarga murojaat qilish va zarur ma’lumotlarni aniq yetkazish ko‘nikmalari, haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

💬 Uchrashuv yakunida o‘quvchilarning savollariga javob berilib, bunday targ‘ibot-tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 2