Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ishsiz fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahrida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Navoiyda kitobxonlik va yoshlar bilan muloqotga bag‘ishlangan uchrashuv
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
TOZALIK VA OBODLIK — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Joriy yilning 4-may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Mirzayev tomonidan Navoiy shahrining Binokor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
Chinoz tumani. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Ra'no Fozilova hamda doimiy komissiya a’zosi Laziza Sobirjonovalar tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning tumandagi ijrosini o‘rganish maqsadida Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i D.Qodirov bilan uchrashuv o‘tkazilib, tumanda yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan loyiha, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur hamda ularning samaradorligi muhokama qilindi.

Shuningdek, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni bandlik, ta’lim va tadbirkorlikka keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3