Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ishsiz fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahrida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Navoiyda kitobxonlik va yoshlar bilan muloqotga bag‘ishlangan uchrashuv
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
TOZALIK VA OBODLIK — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Joriy yilning 4-may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Mirzayev tomonidan Navoiy shahrining Binokor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
DEPUTAT “OCHIQ DARSDA”

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna ishtirokida tumandagi “Qorliq” mahallasida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabining faoliyati hamda moddiy-texnik bazasi o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining mavjud sharoitlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, infratuzilma holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. 

Mazkur tashrif doirasida deputat tomonidan o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda maktab sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 9