Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Namuna mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

 Namuna mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Raximov hamda Kengash kotibiyati
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar tumandagi Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida
“mahalla yettiligi”, xususan xotin qizlar faoli faoliyatini o‘rgandilar. 

Bunda asosiy e’tibor mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash,
ushbu muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish,
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga
ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni ijtimoiy xodim bilan
birgalikda tashkil etilishiga qaratildi va olib borilayotgan ishlar holati
tahlil qilindi.  

Tahlillar asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish mexanizmlari aniqlandi va
mas’ulga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.  

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni
qo‘llab-quvvatlash, tomorqadan samarali foydalanish borasidagi olib
borilayotgan ishlar ham manzilli o‘rganildi. 

O‘rganishlar yakunida deputat tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolariga olib borilayotgan
ishlar ko‘lamini kengaytirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal
etish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar
berildi.  

Slide 1 of 3