Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 2-Yoshlik saylov okrugidan saylangan deputat Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Yoshlik” mahalla fuqarolari yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda “Yoshlik” va “Qo‘rg‘ontepa” mahallalari fuqarolari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil mobaynida saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi. Jumladan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash, aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek uchrashuvda tuman Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g`li, tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Sadoqat Sharipovalar ishtirok etib o‘z vakolatlari doirasida aholining savollariga javob qaytardilar. Tadbir yakunida aholi
tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar
yuzasidan murojaatlar eshitilib, atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 6